Gipofiz adenomasi: bemor Turkiyadagi 17 000 dollarlik operatsiyadan voz kechib, Uzbekistondagi DOCTOR HABIBni tanladi
Gipofiz adenomasi: bemor Turkiyadagi 17 000 dollarlik operatsiyadan voz kechib, Uzbekistondagi DOCTOR HABIBni tanladi
🇺🇿 17 000 dollar kerak emas edi. Eng muhimi — to‘g‘ri yo‘lni tanlash.
40 yoshli bemorda gipofizning gormonal faol bo‘lmagan adenomasi aniqlangan. O‘sma xiazmal-sellyar sohada joylashib, atrofdagi muhim tuzilmalarga yaqin bo‘lgan.
Bemor avval Turkiyada 17 000 AQSh dollariga jarrohlik amaliyoti taklif qilinganini aytadi. Ammo u davolanishni O‘zbekistonda davom ettirishga qaror qildi va DOCTOR HABIBni tanladi.
🧠 Operatsiya Milliy tibbiyot markazida endoskopik transnazal-transsfenoidal usulda bajarildi.
Eng muhim jihati — o‘smaga burun orqali, tabiiy anatomik yo‘ldan foydalanib, minimal invaziv yondashuv bilan kirildi.
❌ Bosh suyagini katta ochish talab qilinmadi.
❌ Katta tashqi kesma qilinmadi.
✅ Endoskop yordamida gipofiz sohasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirildi.
✅ Operatsiyadan keyingi KT tasvirlarida operatsiya sohasi nazorat qilindi.
📸 Rasmlarda:
— operatsiyadan oldingi MRT;
— endoskopik operatsiya jarayoni;
— operatsiyadan keyingi KT.

Bu holat menga yana bir narsani ko‘rsatadi:
Zamonaviy neyroxirurgiya — faqat “qayerda operatsiya qilish” emas. Muhimi — bemorga kerakli texnologiya, tajriba va individual yondashuvni bir joyda taqdim eta olish.
🇺🇿 O‘zbekistonda ham zamonaviy endoskopik kalla asosi jarrohligi rivojlanmoqda.
👨⚕️ DOCTOR HABIB
Neyroxirurg
Endoskopik kalla asosi jarrohligi | Gipofiz o‘smalari | PitNET
